Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
Ayni paytda aholi o‘rtasida "qazi mahalla" nomi bilan ma’lum ko‘chada piyodalar harakatlanishiga to‘sqinlik qilayotgan qurilmalar olib tashlanib, milliy uslubdagi, har tomonlama qulay, zamonaviy rastalarni vujudga keltirish choralari ko‘rilmoqda. Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov shu yerda tashkil etilgan shtab a’zolari bilan muloqotda bo‘lib, gastronomik turizm ko‘chasi loyihasini muhokama etdi. Mas’ullarga, loyiha asosida, milliy uslubda qurilgan namunali savdo do‘konini tashkil etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Marufjon Usmonov shu yerda "Muloqot" telekanali direktori Xasanjon Shermatov bilan ham muloqotda bo‘lib, mahalliy studiyamiz moddiy-texnik bazasini yaxshilash, kun tartibida dolzarb bo‘lib turgan masalalarni televideniyeda yoritish bilan bog‘liq masalalarni muhokama etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!