Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
Qo‘qon shahridagi "Uzumzor" mahallasida mahalla servis markazi o‘z faoliyatini boshladi. Davlatimiz mustaqilligining 34-yilligi arafasida ish boshlagan markazning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i Adxamjon Ziyavitdinov ham ishtirok etdi. Adhamjon Ziyavitdinov Prezidentimizning "Mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va qiyofasini tubdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori asosida tashkil etilayotgan servis markazi mahallada obodonlashtirish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish, aholi va kommunal xizmat tashkilotlari o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga xizmat qilishini alohida ta’kidlab o‘tdi. Prezidentimizning Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida mukammal ta’mirlangan ko‘p qavatli uylar hududida faoliyat boshlagan servis markazi mahalla aholisining obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda qurilish-ta’mirlash bilan bog‘liq kompleks xizmatlar ko‘rsatib, aholi farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Bolajonlar biz sizlarni kutamiz!
Qo‘qon shahar hokimi yoshlar bilan muloqot qildi
Sichqoncha bilan belgilab