Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
Tilshunos va adabiyotshunos olimlar, shoir va yozuvchilar, Qo‘qon shahridagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari, o‘qituvchilar, harbiylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov barchani bayram bilan samimiy muborakbod etdi. Qo‘qon shahar hokimi yurtimizda Prezidentimizning tashabbuslari bilan davlat tilini rivojlantirish, uning nufuzi va mavqeini oshirish, xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishga qaratilgan islohotlar, idoraviy hujjatlarni davlat tiliga o‘tkazish, atamalar komissiyalari faoliyatini tubdan takomillashtirish, o‘zbek tilini raqamlashtirish, o‘zbekcha matnlarni sun’iy intellekt yordamida tahrir qilish, lotin va kirill yozuviga o‘girish va so‘zlarning lug‘aviy ma’nosini ko‘rsatishga mo‘ljallangan elektron dasturlarni ishga tushirish kabi amalga oshirilgan keng ko‘lami ishlarni alohida ta’kidlab o‘tdi. Tantanali tadbirda Qo‘qon universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, filologiya fanlari doktori, professor Zebo Qobilova ham hamyurtlarimiz nutqida mavjud sleng so‘zlar, tashqi reklama va bannerlarda uchrab kelayotgan xorijiy so‘zlar kabi muammolarga to‘xtalib o‘tib, barchani milliy tilimizni asrab, avaylash va hurmat qilishga chaqirdi. Tadbirning badiiy qismida shahrimiz havaskor jamoalari va el suygan san’atkorlar ishtirokida milliy kuy-qo‘shiqlar, teatrlashgan tomoshalar ham namoyish etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat baxshida etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Qo‘qon shahrida bozorlar raqamlashtirilmoqda
Qo‘qon shahrida 50 nafar yoshlar ish bilan ta’minlandi
Sichqoncha bilan belgilab