Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:





Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning bergan ko‘rsatmalari asosida Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzoxid Ubaydullev Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, tibbiyot sohasi mutasaddilari bilan muloqotda bo‘lib, Mardonaxon Yo‘ldashevaga barcha zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilishi va dori vositalari bilan to‘liq ta’minlash choralarini ko‘rdilar. Qamchiq dovonidagi attraksionda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa tufayli shikastlangan 16 yashar fuqaro Qo‘qon shahar Shoshilinch tibbiy yordam markaziga keltirilgan va jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgan. Ayni paytda, jabrlangan fuqaroning ota-onasi ham mas’ullar va shifokorlar bilan muloqotda bo‘lib, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar xususida xabardor bo‘lib turibdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan Xalqaro pedagogik simpozium yuksak baholandi

Qo‘qon shahar hokimi turkiyalik sarmoyadorlar bilan muzokaralar olib bordi

Qo‘qon shahrida yashil maskanlar barpo etilmoqda


Qo‘qon shahrida Konstitutsiya kuni yuqori saviyada nishonlandi

Sichqoncha bilan belgilab