Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, deputatlar, kun tartibidagi masalalarga aloqador rahbarlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Sessiyada ochiqlik va hisobdorlik prinsipi asosida, davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan jamiyatimizni yana-da demokratlashtirish, mutasaddi idoralar faoliyati ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi va mevasi - Qo‘qon shahar prokurori, ichki ishlar boshqarmasi va adliya bo‘limi rahbarlarining joriy yilning 6 oyida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotlari deputatlar e’tiboriga havola etildi. Mahallalarda xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va korrupsiyaning oldini olish, kriminogen vaziyatni yaxshilash, shahardagi davlat organlari va tashkilotlarning norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti sessiya kun tartibidagi asosiy masalalar bo‘ldi. Sessiyada ko‘rilgan masalalar deputatlar tomonidan muhokama etildi. Xususan, sessiyada giyohvand moddalar savdosiga chek qo‘yishda jamoatchilik nazoratidan foydalanish, tungi paytda transport harakatlanishida ko‘p qavatli uylar hududlarida ovozli signallardan foydalanishni cheklash bo‘yicha takliflar bildirildi. Endilikda jinoyatchilikni jilovlashda Qo‘qon shahar hokimligi Axborot xizmati, shahrimizdagi ommaviy axborot vositalari, va jamiyatdagi yurish-turish qoidalariga befarq bo‘lmagan blogerlar Qo‘qon shahar ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlik qiladi. Ashaddiy huquqbuzarlar, ularning mahallasi va tarbiyalagan ota-onalari jamoatchilik e’tiboriga havola etiladi. Sessiyada so‘nggida deputatlar tomonidan muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Qo‘qon shahar hokimi fuqarolarni qabul qildi
Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!
Sizni o‘zimiz parvarish qilamiz!
Sichqoncha bilan belgilab